Shartnomalar spetsifikatsiyasi

Marja talablari

1. Ochiq pozitsiyalar 22:00 GMT da swap punktlari asosida keyingi kunga o‘tkaziladi. Ularning amaldagi qiymatlari MetaTrader 4 savdo platformasidagi instrumentlar spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan.

2. MetaTrader 4 savdo platformasida SWAP operatsiyasi swap punktlarini hisoblash yoki hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi, bunda pozitsiya qayta ochilmaydi.

3. Svop-punktlar miqdori valyutalash sanalari orasidagi farq bir kun bo‘lgan holat uchun keltirilgan.

4. Agar valyutalash sanalari orasidagi farq bir kundan ortiq bo‘lsa — masalan, pozitsiya dam olish yoki bayram kunlari orqali keyingi kunga o‘tkazilganda — swap punktlari tegishli ravishda bir necha barobar oshiriladi. Masalan, chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi 22:00 GMT da SWAP operatsiyasi amalga oshirilganda swap punktlari uch baravarga oshadi, chunki pozitsiyaning valyutalash sanasi dam olish kunlari orqali juma kunidan dushanba kuniga o‘tkaziladi.

5. 20:55 dan 21:10 GMT gacha bo‘lgan davrda banklararo rollover sababli bozorda likvidlik vaqtincha kamayishi mumkin, bu esa spredning sezilarli kengayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, yakshanba kuni banklararo bozorning savdo sessiyalari ochilishi vaqtida soat 22:00 dan 23:00 GMT gacha, hamda juma kuni yopilish vaqtida soat 20:00 dan 20:55 GMT gacha likvidlik yetishmasligi kuzatilishi mumkin. Savdoni rejalashtirishda ushbu xususiyatni inobatga olishingizni so‘raymiz.

6. Dividend tuzatmasi (Dividend Adjustment) — aksiyalar va ETF bo‘yicha dividend to‘lovlarini savdoda hisobga oluvchi operatsiya. Dividend tuzatmasi mijozning savdo hisobiga Ex-Dividend Date — dividend tuzatmasi ko‘rsatilgan sanada bozor ochilgan paytda ochiq bitimlar mavjud bo‘lsa, xarid (buy) pozitsiyalari uchun tegishli dividend tuzatmalari savdo hisobiga hisoblanadi, sotuv (sell) pozitsiyalari uchun esa hisobdan chiqariladi. DIQQAT! Ex-date dan boshlab aksiyalar va ETF keyingi dividend tuzatmasini olish huquqisiz savdo qilinadi.

Sifati sinovdan o‘tgan brokerlik xizmatlaridan foydalaning